Osiyo yoʼlbarsi, dunyoning eng boy davlatlaridan biri — Singapurning prezidenti Halima Yaqub Toshkentga keldi. Bu Halima xonimning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi. Bizgacha Qozogʼistonda boʼldi va 4 ta kelishuv imzolandi. Toshkentdagi rasmiy muzokaralardan soʼng, Singapur prezidenti Samarqandga ham kelishi aytilmoqda.
U Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo’lmoqda. Halima xonimning tashrifi bilan shu kuni poytaxtimiz aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari koʼtarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Singapur Prezidenti va uning turmush oʼrtogʼini Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʼrinbosari Z.Mahkamova, tashqi ishlar vaziri B.Saidov va Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Umurzoqov kutib olishdi.
Oliy martabali mehmon va Singapur delegatsiyasi aʼzolari “Yangi Oʼzbekiston” bogʼiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʼydi, mamlakatimizning istiqlol yillaridagi rivojlanishi va ushbu betakror majmuaning yaratilishi tarixi bilan tanishdi, milliy madaniy markazlar vakillari bilan uchrashdi.
Qiziq tomonlaridan Halima Yaqub hozirda besh nafar bolaning onasi hisoblanadi, dunyoning eng boy davlatlaridan biri ham bu — Singapur. Shunday bo’lsada vazir va davlat rahbari hech qanday shaxsiy samalyotlardan foydalanishmasdan, tijoriy samalyotlarda davlat tashriflariga chiqishadi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun bo’lib o’tmoqda. Keyingi maqolalarda sizni jarayonlar bilan tanishtirib boramiz