Pekinga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Pekinga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Tehron — Pekin yo‘nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan “Mahan Air” aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda uchib keldi. Samolyot 28-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.

Qo‘nishga yurak xurujiga uchragan yo‘lovchi sabab bo‘lgan. Yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga o‘tishga qaror qildi.

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qöriqlaş xizmatlarining sifati, texnologik darajasi va hududiy qamrovini tubdan oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi. Sohada Milliy gvardiyaning vakolatlarini kengaytiriş, xususiy sektor iştirakini rağbatlantiriş hamda sun’iy intellekt va uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) imkoniyatlaridan foydalaniş orqali jamoat va mulk xavfsizligini yangi bosqiçga olib çiqiş nazarda tutilmoqda.