Ushbu maqolada bizning sevimli shumtakalarimiz haqidagi eng qiziq ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.
- O‘g‘il bolalar juda iste’dodli bo‘lib, ularda o‘rtacha IQ tengdosh qiz bolalarnikidan yuqori. Lekin yigitlar maktab va universitetlarni qizlarga nisbatan 30 foiz ko‘proq tark etishadi.
- Ular bizni eshitishmaydi. Tom ma’noda o‘g‘il bolalarning eshitish qobiliyati qizlarnikidek o‘tkir emas. Shuning uchun, o‘g‘lingiz iltimosingizni ataylab eshitmaslikka olayotgandek bo‘lib tuyulsa, xafa bo‘lishga shoshilmang, iltimosingizni yana bir marta balandroq ovozda qaytaring.
- Ular pul bilan muomala qilishni juda yaxshi bilishadi. Hattoki 4—5 yoshli o‘g‘il bolalarning 70 foizi oddiy “moliyaviy operatsiyalar”ni eplay olishadi.
- Ular ehtiyotkorlik haqida mulohaza qilib o‘tirishmaydi va buni tug‘ilgan zahoti namoyon eta boshlashadi. Natijada o‘g‘il bolalar qizlarga nisbatan 4 marta ko‘p jarohat olishadi.
- Ularning organizmi himoyasiz bo‘lib, o‘smirlik yoshiga yetguncha qizlarga nisbatan ko‘p kasal bo‘lishadi. Ular ayniqsa nafas tizimi va yurak kasalliklariga moyildirlar. Autizm ham o‘g‘il bolalarda ko‘proq uchraydi.
- Ularning irodasi juda ham mustahkamdir. Shuning uchun o‘g‘il bolalar kompyuter o‘yinlariga o‘rganib qolish, chekish va shunga o‘xshash boshqa xil tobelik holatlarini qizlarga nisbatan 80 foiz tez va oson yengadilar.
- Ular ranglarni yaxshi ajrata olishmaydi. Ularga qo‘yib bersangiz, shaftoli degan meva bor, aslo pushti rangning bir turi emas, deb qat’iy turib olishadi.
- Ularning soni dunyo miqyosida olib qaraladigan bo‘lsa, qiz bolalar sonidan ko‘p. Bu yangi tug‘ilgan bolalar statistikasi bo‘lib, har 100 ta qiz bolaga 107 ta o‘g‘il bola to‘g‘ri keladi.
- Ular dunyoni boshqacha ko‘z bilan ko‘rishadi. O‘g‘il bolaning ko‘zida harakat, yo‘nalish va tezlikni farqlashga javob beruvchi hujayralar ko‘p, shuning uchun ular bu narsalarni juda yaxshi payqaydilar. Qizlar esa asosan turli xil ranglarga, narsalarning tuzilishiga e’tibor berishadi.
- Ular bizni rostdan ham juda yaxshi ko‘rishadi. Odatda, qiz bolani dunyodagi eng mehribon odam deb hisoblashadi. Lekin psixologlarning fikricha, o‘g‘il bolalar ota-onalariga ancha kuchliroq bog‘langan bo‘lib, bu munosabat ularda bir umrga saqlanib qoladi.
Manba: “Detstrana.ru”