Xitoy aeroportida Messini ikki soat ushlab qolishdi

Xitoy aeroportida Messini ikki soat ushlab qolishdi

Dam olish kunlari «Inter Mayami» hujumchisi Messi Argentina termasi safida 15 iyun kuniga belgilangan Avstraliyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Xitoyga uchib kelgan.

Uni Pekin aeroporti vakillari pasport nazoratida muammolar tufayli to’xtatishadi.

Malum bo’lishicha, Messi Xitoyga o’zining Ispaniyada olgan pasporti bilan, lekin vizasiz tashrif buyurgan.

«Barselona» va PSJ klublari sobiq futbolchisi migratsiya bo’limi xodimlari unga maxsus tezkor viza tayyorlaguniga qadar, ikki soat, aeroportda kutib turishiga to’g’ri kelgan.