Аsal mahsuloti bogʼcha tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik ratsioniga kiritiladi.
“Аsalarichilik tarmogʼini qoʼllab-quvvatlash va qishloq xoʼjaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Hukumat qarori (239–son, 12.06.2023 y.) qabul qilindi.
Unga ko’ra, endi har yili 1–10 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Аsal bayrami” va “Аsalarichilik mahsulotlari” xalqaro koʼrgazmasi oʼtkazilib boriladi.
Shuningdek, 2023 yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun gʼoʼzani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qoʼllaniladi.