Islom Karimovning oʻgʻli uning xotinini sudga berdi

Islom Karimovning oʻgʻli uning xotinini sudga berdi

Oʻzbekistonnning birinchi prezidenti Islom Karimovning oʻgʻli boʻlmish Pyotr Karimov O‘zbekiston sobiq 1-xonimi Tatyana Karimovani sudga berdi.

Sud 26-iyun kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda Toshkent shahar sudi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotda keltirilgan.
Unda aytilishicha, 26-iyun kuni soat 10:00da Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudida Oʻzbekistonning birinchi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmush oʻrtogʻi Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik ishi koʻrib chiqiladi.
Daʼvogar Karimovning birinchi nikohidan boʻlgan farzandi Pyotr Karimov.


Hujjatda P. Karimov Tatyana Karimovaga nisbatan qoʻzgʻagan daʼvoning predmeti vorislik huquqidan kelib chiqqan nizo ekanligini koʻrish mumkin.
Birinchi instansiya sudida ushbu ishni koʻrib chiqish sudya Aziz Rahmonovga yuklatilganligi keltirilgan.