Internet ijtimoiy tarmoqlarida Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar Qaramko‘l qishlog‘ida erkaklar mushukni vaxshiylarcha tiriklayin yoqib yuborilgan holati tarqalgan edi. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, yuqoridagi holatga aloqador bo‘lgan shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi bilan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlash haqida qaror qabul qilingan.
Quvasoy shahar prokurorining protesti bilan yuqoridagi qaror bekor qilindi.
Hozirda huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 2-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) hamda 189-1-moddasi (Tazyiqni, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilishi ta’minlandi.