Paxtachining 84 nafar maktab bitiruvchisiga oltin medallar topshirildi

Paxtachining 84 nafar maktab bitiruvchisiga oltin medallar topshirildi

Joriy yilning 22 iyun kuni Paxtachi tumanidagi 63-son Madaniyat markazida Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan ta’sis etilgan oltin va kumush medallarni tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2022-2023 o‘quv yili a’lochi o‘quvchilarga tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi M.Xamdamov, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, o‘qituvchilar va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi. Dastlab tumandagi 8 ta umumta’lim maktablari 2022-yil yakunida zamonaviy maktab loyihasi bo‘yicha faol qatnashib, ushbu loyihada 12-13-34-37-maktablar 2-darajali hamda 1-11-14-22-maktablar 3-darajali sertifikat bilan taqdirlanganligi keng e’tirof etildi. Ushbu sertifikatlar tuman hokimi tomonidan maktab direktorlariga topshirildi.

So‘ng tumanda mavjud 1 367 nafar bitiruvchilardan 84 nafariga oltin va 7 nafariga kumush medallari, shuningdek, Paxtachi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ma’muriyatining «Faxriy yorliq»lari topshirildi.

Marosim so‘ngida tuman hokimi taqdirlangan bitiruvchilarning ota-onalariga farzandlarining ta’lim olishlariga yetarli shart-sharoitlar yaratib berganligi uchun o‘z minnaddorligini bildirdi.

Tadbir so’ngida esa barcha uchun tuman Madaniyat va turizm bo‘limi xodimlarining kuy qo‘shiqlari ko‘tarinkilik ulashdi.

Eslatib o’tamiz, ushbu oltin va kumush medallar maktablardagi 11 yillik ta’lim jarayonida barcha fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari a’lo bo‘lgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga topshiriladi.

Gulchiroy Abdullayeva, “Muhim24.uz” jamoatchi muxbiri tayyorladi.

Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda qöriqlaş xizmatlari töliq raqamlaştiriladi: 8 ta yangi xizmat turi yölga qöyilişi mumkin

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qöriqlaş xizmatlarining sifati, texnologik darajasi va hududiy qamrovini tubdan oşirişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi. Sohada Milliy gvardiyaning vakolatlarini kengaytiriş, xususiy sektor iştirakini rağbatlantiriş hamda sun’iy intellekt va uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) imkoniyatlaridan foydalaniş orqali jamoat va mulk xavfsizligini yangi bosqiçga olib çiqiş nazarda tutilmoqda.