2023 yilda butun dunyo bo‘ylab ekstremal ob-havo hodisalari avvalgiga nisbatan ko‘proq kuzatiladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga tayanib, RT sayti xabar berdi.
Bu haftada dunyo bo‘ylab rekord darajada issiq harorat kuzatildi. AQSH Milliy ekologik bashorat markazlari tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 23 iyun kuni o‘rtacha global harorat 17.01 daraja Selsiy (62.62 F)ni tashkil etdi, bu avvalgi 16.92 daraja rekordni ortda qoldirdi.
JSST Bosh direktori Tedros Gebreisusning so‘zlariga ko‘ra, bu iqlim o‘zgarishi 2023 yilda «ekstremal ob-havo hodisalari» ning ko‘payishiga olib keladi. U 5 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda «Iqlim inqirozi» hozirda inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri ekanligi va global isish oxir-oqibat «ochlik, migratsiya va kasallik to‘lqini»ni keltirib chiqarishi haqida ogohlantirdi.
«Kelgusi oylarda biz qurg‘oqchilik, toshqinlar, bo‘ronlar va jazirama kabi ekstremal ob-havo hodisalarini kutyapmiz, bularning barchasi inson salomatligiga zarar yetkazadi», dedi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, issiq havo sikli butun dunyo bo‘ylab harorat va yog‘ingarchiliklarga juda katta ta’sir ko‘rsatadi hamda keng miqyosda bo‘ronlarni keltirib chiqarishi mumkin.