Xususiy oliygohlarning bakalavriat ta’lim yo’nalishini tamomlagandan so’ng davlat oliygohlarining magistraturasida yoki aksincha, davlat oliygohlarining bakalavriatida o‘qib nodavlat oliygohlarning magistraturasida tahsil olish mumkin.
❌ Bu bo’yicha huquqiy tomonlama hech qanday cheklov yo’q. Chunki, xususiy oliygohlar tomonidan beriladigan diplomlar davlat oliygohlariniki kabi bir xil yuridik maqomga ega.
Eslatib o’tamiz, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasiga asosan, litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim muassasalarining diplomi Oʻzbekistonda tan olinadi.