Surxondaryodagi sel dovonni yopib qoʻydi

Surxondaryodagi sel dovonni yopib qoʻydi

Surxondaryoda sel kelishi oqibatida aholi punktlarini bogʼlovchi togʼli dovon yoʼli yopilib qoldi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʼlganlar yoʼq.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sariosiyo tumanining Xoʼjaasmin va Chosh aholi yashash punktlarini bogʼlovchi togʼli dovon avtomobil yoʼliga katta harsang toshlar va loyqalar tushib, dovon yoʼli yopilib qolgani haqida xabar bermoqda.

Dovon yoʼli yopilib qolishi oqibatida 3 ta yengil «UАZ» rusumli avtomobil va 8 nafar fuqaro harakati toʼxtab qolgan.

Yoʼl FVV, tuman hokimligi, Ichki ishlar boʼlimi va Xondiza kon boyitish boshqarmasi masʼul xodimlari hamkorligida maxsus texnikalar yordamida dovon avtomobil yoʼli katta harsang tosh va loyqalardan tozalangan. Аvtomobil qatnovi yoʼlga qoʼyilib, 8 nafar fuqaroga amaliy yordam koʼrsatilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʼlganlar yoʼq.