Samarqandda daydi itlar bolani «talashgan»

Samarqandda daydi itlar bolani «talashgan»

Ijtimoiy tarmoqlarda daydi itlarning bolakayga tashlangan videosi tarqaldi. Aytilishicha, bola sport to‘garagidan uyiga qaytayotgan bo‘lgan.

Viloyat IIB axborot xizmati xabar berishicha, ko‘chada bolaga tashlangan daydi itlar tegishli tashkilotlar tomonidan ushlangan.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabariga ko’ra, holat shahardagi Yoshlar mahallasi hududida joylashgan avtoturargoh oldida sodir bo’lib, itlar «avtogaraj»ga tegishli bo’lgan.

Itlar shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tutilib, veterenariya va chorvachilikni qo’llab-quvvatlash bo’limiga topshirildi. Bolaning salomatligi nazoratga olingan.

Shuningdek, 11-iyul kuni  Samarqand shahar hokimligida shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ismatjon Ibragimov bolaning hayotini saqlab qolgan taksi haydovchisi, 23 yoshli Firdavs Ahmedov va uning ota-onasiga minnatdorlik bildirdi.

Agar o‘z vaqtida taksi haydovchisi kelib qolmaganida bola jiddiy jarohat olishi ham mumkin edi.