Toshkentda bog’cha bolasini tarbiyachisi oyoq kiyim bilan urgan

Toshkentda bog’cha bolasini tarbiyachisi oyoq kiyim bilan urgan

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi bolalarni urayotganligi aks etgan video tarqaldi. Unda » Yangiyo’l tumani Ibrat MFYdagi bog’chada bolalarni bog’cha opa urmoqda»,deya izoh qoldirilgan. Holat bo’yicha Toshkent viloyati IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, shu yil 18 iyul kuni Yangiyo‘l tumani “Ibrat” MFYda joylashgan “Ominaxon” nomli nodavlat oilaviy MTTda tarbiyachi bo‘lib ishlovchi, 2002-yilda tug’ilgan ayol shu bog‘chadagi ikki nafar (5-6 yoshli) o‘g‘il bolalar o‘zaro talashib, mashg‘ulotga xalal bergani uchun urushib, oyoq kiyimi bilan urgan.

Jarayon voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Holat yuzasidan IIB tomonidan tarbiyachi va boshqa masʼullar bilan profilaktik suhbat o‘tazilib, bolalarni sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun yo‘llanma berilgan.

Ekspertiza xulosasi va o‘tkazilayotgangan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

O‘rganish davomida tarbiyachi tegishli tartibda ishdan bo‘shatilib, tadbirkor ogohlantirilgan