Hafta boshlanishidan yogʻingarchilik kuzatilishi mumkin

Hafta boshlanishidan yogʻingarchilik kuzatilishi mumkin

7-avgust kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻib momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi.Kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.
Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 23-28 daraja iliq boʻladi.
Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.

6-9-avgust kunlari Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.