BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) doirasida Rossiya elchixonasi maktab o‘quvchilari salomatligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Tojikiston Ta’lim va fan vazirligiga ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi. Bu haqda «Sputnik Tajikistan» xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, gumanitar yuklarning asosiy qismini maxsus boyitilgan un, sariyog‘ va no‘xat tashkil etgan.
— Biz strategik hamkor, ittifoqchi va barqaror donor sifatida Tojikistonni qoʻllab-quvvatlaymiz. Bu kabi ko’makni kelgusida yana yordam tariqasida bermoqchimiz”, dedi Rossiyaning Dushanbedagi elchixonasi vakili Vera Xutorskaya oziq-ovqat yetkazib berish marosimida.
Eslatib o»tamiz, Rossiya tomoni 2013 yildan beri Tojikistonning 52 tuman va shaharlaridagi 2000 ta ta’lim muassasasini qamrab olgan maktablarning ovqatlanish dasturiga 86,1 million dollar ajratgan.