Turkiya matbuotiga ko‘ra, YTH Mahmutlar viloyatida sodir bo‘lgan. Yo‘lovchi va safar uchun mo‘ljallangan avtomobil o’zaro to‘qnashgan. Hodisa oqibatida 3 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 17 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ikki farzandli qozog‘istonlik oila ta’tilda Turkiyada bo‘lganini ma’lum qildi.
«1989-yilda tug‘ilgan ayol va uning ikki yashar qizi ushbu fojea joyida halok bo‘ldi. Oila boshlig‘i, 1986-yilda tug‘ilgan erkak hozirda og‘ir ahvolda reanimatsiyada. 2014-yilda tug‘ilgan o‘g‘li kasalxonada, uning salomatligi va hayotiga hech narsa tahdid solmaydi”, — deyiladi vazirlik xabarida.