Davlat xizmati xodimlarini davlat xizmatini koʻrsatish uchun maxsus toʻlov evaziga fuqarolar yashash joyiga chaqirishlari mumkin boʻladi.
2023-yil 1-oktyabrdan boshlab davlat xizmatini koʻrsatuvchi xodimni fukaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus
texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyoti kengaytirilmoqda.
Buyurtmalar “Call-markaz” yoki rasmiy veb-sayt orqali qabul qilinadi.
Mazkur xizmatlar uchun Toshkent shahrida bazaviy Hisoblash mikdorining 50 foizi, viloyat markazlarida BXMning 40 foizi, tuman (shaxar)larda BXMning 30 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undiriladi.