Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodekslarga o’zgartish va qo’shimchalar deputatlar tomonidan ma’qullandi

Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodekslarga o’zgartish va qo’shimchalar deputatlar tomonidan ma’qullandi

Avvalroq xabar berganimizdek, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodekslarga o’zgartish va qo’shimchalar deputatlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish» DP MK raisi Alisher Qodirov Telegram sahifasida xabar qoldirdi.

Unga ko’ra:

JK 125-moddaga 1 qo‘shimcha, FHDYOda ro‘yhatdan o‘tmaganlarga nikoh o‘qish;

JK 156-modda, birinchi qism, Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatish;

ikkinchi qism, Milliy, irqiy, etnik yoki diniy nifoq keltirib chiqarish, milliy shaʼn-sharaf va qadr-qimmatni kamsitish, eʼtiqod bo‘yicha tuyg‘ularini haqoratlash, mansubligiga qarab ustunligi yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilish;

MJTK 47-moddaga 8 qo‘shimcha, Ko‘p xotinlilikka targ‘ib qilish, rag‘batlantirish;

MJTK 184-moddaga 4 qo‘shimcha, Jamoat joylarida shaxsini aniqlashga imkon bermaydigan darajada yuzini yopib yurish;

MJTK 189-moddaga 2 qo‘shimcha, Jinsiy kamsitishni targ‘ib qilish, tenglikni ochiqchasiga inkor qilish;

Ushbu harakatlarga jazolar kuchaytirilmoqda.

Jamoat joylarida diniy libosda yurishni taʼqiqlovchi MJTK 184-moddasiga 1 qo‘shimcha bekor qilinmoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.