Joriy yilning 12-oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan Qirg‘izistonga keldi. Putin tashrifida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashhtirilgan.
Bundan tashqari, Putin va Japarov Qirg‘izistonning Kant shahridagi Rossiya harbiy havo bazasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi. Siyosatchilarga 9-13 oktyabr kunlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan KXSHT davlatlarining “Buzilmas birodarlik – 2023” qo‘shma mashg‘ulotlari haqida hisobot beriladi. Shuningdek, Rossiya va Qirg‘iziston prezidentlari Jalolobodda ikki mamlakat sanoat kooperatsiyasiga bag‘ishlangan 10-mintaqalararo konferensiya ishtirokchilariga qutlov videomurojaatlari bilan chiqadi.
Putin 112-oktyabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovga “Shon-sharaf” ordenini shaxsan topshirdi. Marosim ikki davlat rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralaridan so‘ng bo‘lib o‘tdi.
Bugun13 oktyabr kuni Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisga kelgan Shavkat Mirziyoyev Bishkekdagi MDH sammiti doirasida Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar. Savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, Hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Belarus yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlari uchrashuvini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.