7-oktyabr. Bu kuni HAMAS Isroilga hujum boshladi, keyin esa Isroil ham harakatga tushdi. G‘azoda shafqatsiz janglar kechmoqda. Ular asosan, havo orqali zarbalar berish bilan davom etmoqda. Hozirgacha Isroilning hujumlari oqibatida 8,8 ming nafar falastinlik, jumladan, juda ko‘p ayollar va bolalar halok bo‘ldi. Markaziy Osiyo hukumatlari Isroil-Falastin mojarosiga qanday munosabatda bo‘ldi? Bu haqda “The Diplomat” nashrida maqola e’lon qilindi.
Yaqinda O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Isroil-Falastin mojarosiga munosabat bildirgandi. O’zbekiston tomoni Falastin uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1,5 mln $ ajratmoqchi. Xo’sh, Markaziy Osiyoning qolgan to’rtta davlati qaysi yo’ldan ketmoqchi?
Ma’lumotlarga ko’ra,
Tojikistonning 8 oktyabr kuni e’lon qilgan bayonotida Isroil, Falastin yoki HAMASga aniq ishora yo‘q. Buning o‘rniga Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi tinch aholi qurbonlari, uy-joy va ijtimoiy infratuzilmalarning vayron bo‘lishidan qattiq xavotir bildirgan.
Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri ham 8 oktyabr kuni bayonot berib, har ikki tomonni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirgan.
“Qirg‘iziston va O‘zbekiston 9 oktyabr kuni munosabat bildirib, mojaroga aloqador tomonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishora qilgan. 16 oktyabr kuni Isroil Tashqi ishlar vazirligi HAMASning dastlabki hujumida O‘zbekistonning uch fuqarosi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Keyinchalik surishtiruv natijasida ular 1990 yillarda O‘zbekistonni tark etgan va amaldagi O‘zbekiston pasportiga ega bo‘lmagan shaxslar bo‘lib chiqdi”, deyiladi nashr maqolasida.
Qozog‘istonning Misr va Iordaniyadagi konsulliklari 67 nafar Qozog‘iston fuqarosi va ularning 30 nafar oila a’zolarini G‘azodan olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishganidan bir hafta o‘tmay, 22 oktyabr kuni G‘azoga uyushtirilgan hujumda Qozog‘iston fuqarosi va uning yosh qizi halok bo‘lgan. 13 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yetakchilari Bishkekda davlat rahbarlarining yillik sammitida uchrashdi. Unda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev G‘azodagi mojaroni muhokama qilish uchun o‘z platformasidan foydalangan.
“Siz o‘nlab yillar davomida hal etilmagan vazifalarga erishish uchun tinch aholiga zo‘ravonlik qila olmaysiz. Buni hech bir bahona bilan oqlab bo‘lmaydi”, deydi To‘qayev.
Nashrning qayd etishicha, aslida terrorizm Markaziy Osiyo yetakchilari uchun tez-tez qo‘llaniladigan ayblov bo‘lib, ular siyosiy muxolifat va o‘zgacha fikrni bostirishni ekstremizmga qarshi kurash sifatida oqlaydi. G‘azodagi al-Ahli shifoxonasida sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng mintaqa tashqi ishlar vazirliklarining navbatdagi rasmiy bayonotini e’lon qildi. 18 oktyabr kuni Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston portlash haqida bayonot berdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu mash’um zo‘ravonlik harakatini xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb atagan.
23 oktyabr kuni Qirg‘iziston parlamenti bir oylik maoshi – taxminan har bir deputat uchun 300 dollarni G‘azodagi gumanitar yordamga yo‘naltirishni ma’qulladi. Bunga 90 deputatdan 76 nafari ovoz bergan, shundan 47 nafari yoqlab chiqqan. Mirziyoyev O‘zbekiston Falastin xalqi tomonida ekanini aytdi
“Qo‘shnilarimiz bizga hujum qilganida, bizga qiyin bo‘ldi. Xorijdan yordam iliq kutib olindi. Biz ham shunday yordam bera olamiz”, deydi “Ata-Jurt Qirg‘iziston” partiyasi a’zosi Janibek Qidikbayev.
shunday qilib hozircha Markaziy Osiyoning faqat bittagina davlati – Turkmaniston bu borada aniq pozitsiyasini e’lon qilganicha yo’q.