Qozog’istondagi Osiyo yoshlar boks chempionatida o’zbekistonliklar natijasi qanday?

Qozog’istondagi Osiyo yoshlar boks chempionatida o’zbekistonliklar natijasi qanday?

Qozog’istonda boks boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati oʻz poyoniga yetdi. Yigitlar oʻrtasida kechgan bellashuvlar Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtib, hamyurtlarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

🥇 Oltin medal:
-54 kg: Samandar Olimov
-67 kg: Shavkatjon Boltayev
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov

🥈 Kumush medal:
-60 kg: Sayat Ilyasov
+92 kg: Shahzod Polvonov

🥉 Bronza medal:
-48 kg: Muhammadgʻiyos Sobitxonov

Shu tariqa, oʻsmirlar terma jamoamiz (yigitlar va qizlar) mazkur qitʼa birinchiligida 4 ta oltin, 7 ta kumush va 11 ta bronza, yoshlarimiz esa 8 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.