Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorga 3 mln so’m beriladi

Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorga 3 mln so’m beriladi

Tadbirkorlarga ishsiz har bir xotin-qizlarni ish bilan taʼminlaganlik uchun  3 million soʻmdan beriladi.

Xotin-qizlar bandligini taʼminlash, salomatligini mustahkamlash hamda ularni kasbga oʻqitish faoliyati bilan bogʻliq bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga har 1 nafar bandligi taʼminlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun 3 million soʻmdan oshmagan miqdorda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan navbatdagi davlat granti ajratilishini eʼlon qilinadi.

Bu haqda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva maʼlum qildi.