Elektr va yoqilg’i yo’qligi, G’azodagi Al-Quds shifoxonasi faoliyatini to’xtatib qo’ydi

Elektr va yoqilg’i yo’qligi, G’azodagi Al-Quds shifoxonasi faoliyatini to’xtatib qo’ydi

G‘azodagi Al-Quds shifoxonasi yonilg‘i va elektr yo‘qligi sababli faoliyatini to‘xtatdi.

Shu paytgacha tibbiyot xodimlari dori-darmon, oziq-ovqat va suv yetishmasligiga qaramay, bemorlar va yaradorlarga yordam ko‘rsatib kelayotgandi. Qizil yarim oy jamiyati shifoxona tanklar bilan o‘ralganini ma’lum qildi.

Isroil armiyasi G‘azodagi Al-Shifo kasalxonasiga 300 litr yonilg‘i berishga tayyorlangani, biroq HAMAS yetkazib berishga to‘sqinlik qilganini bildirdi.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga yonilg‘i yetkazib berilishiga qarshilik ko’rsatgan edi.