Turkiyada zilzila oqibatida qurbonlar 16 mingdan oshdi

Turkiyada zilzila oqibatida qurbonlar 16 mingdan oshdi

Mamlakatda zilzila sababli vafot etganlar soni 16 mingdan oshdi.

Turkiya janubi-sharqida 6-fevral kuni ertalab sodir boʻlgan 7,8 balli zilzila oqibatida mamlakatda halok boʻlganlar soni mamlakat rahbari Erdoʻgʻan maʼlumotlariga koʻra, 16 170 nafarga, jarohatlanganlar esa 64 194 nafarga yetgan.

Hozirda zilzila sodir boʻlgan joylarda qidiruv-qutqaruv amaliyotlarida 110 mingdan ortiq kishi ishlamoqda, shuningdek, Turkiyaga boshqa mamlakatlardan 5 mingdan ortiq qutqaruvchilar yordamga kelgan. Xususan, Oʻzbekiston hukumati ham Turkiyani har tomonlama qoʻllab-quvvatlamoqda.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.