Endi AQShga Meksika chegarasidan noqonuniy o’tgan o’zbekistonliklar hibsga olinadi

Endi AQShga Meksika chegarasidan noqonuniy o’tgan o’zbekistonliklar hibsga olinadi

AQSh 2023-yil 20-noyabrdan Meksika chegarasi orqali mamlakatga noqonuniy kirayotgan Oʻzbekiston fuqarolari AQShga qoʻyib yubormaydi

“Buning oʻrniga ular bilan bogʻliq immigratsiya ishi hal qilingunga qadar hibsda saqlanadi. AQSh Qoʻshma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega boʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakatdan chiqarib yuborish masalasi boʻyicha Oʻzbekiston hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Mamlakatdan chiqarib yuborish tijorat aviakompaniyalari hamda AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati bilan tuzilgan charter reyslari orqali amalga oshirilmoqda”, — deyiladi AQSHning Toshkentdagi elchixonasi bayonotda.

Shuningdek, diplomatik vakolatxona oʻzbekistonliklarni kontrabandachilarning yolgʻon vaʼdalariga uchmaslikka, AQSHga xavfsiz va qonuniy sayohat qilishga chaqirdi.

Maʼlum qilinishicha, AQSh chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan shaxslar bu mamlakatga kamida besh yil ichida qonuniy ravishda qayta kirishlari taqiqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam beradigan oila aʼzolari ham viza olishdan butunlay mahrum etilishi mumkin.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.