Energetika vaziri bu yil qishda «svet» o’chmasligiga va’da bermoqda

Energetika vaziri bu yil qishda «svet» o’chmasligiga va’da bermoqda

Energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga oʻtadi. Yaqin oylarda 1 ming 700 megavattli 8 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi, Sirdaryoda 500 megavattli gaz turbinasi ishga tushiriladi.

Shuningdek, Surxondaryodagi Shargʻun konida 900 ming tonna koʻmir qazib chiqarish boshlanadi.

Shuningdek, suyultirilgan gaz, mazut, transformator, kabel va boshqa zarur vositalarning zaxirasi tayyorlab qoʻyilgan.

Energetika vazirining ajratilgan mablagʻ evaziga joriy yilda qilingan ishlar va yaratilgan zaxira, kunlik isteʼmol va uni taʼminlash moʻljallari toʻgʻrisidagi axborotidan.

Eslatib o’tamiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev sohaga 14,5 trillion soʻm ajratilgani haqida so’z yuritib, vazirlik mavsumda endi ma’suliyatni to’liq zimmasiga olishi kerakligini aytib o’tgan.

“Bu yil energetika tizimini yaxshilashga barcha manbalardan 14,5 trillion soʻm berdik. Qanday xomashyo, buyum, texnika kerak boʻlsa, olib berildi. Endi soha rahbarlari masʼuliyatni toʻliq zimmasiga olib, aniq reja qilishi va energiya yetkazib berishni kafolatli taʼminlashi zarur”, degan prezident Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari, Aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 5 milliard kub metr kafolatli gaz yetkazib berilishi hal qilindi. Yerosti omborlarida yetarlicha gaz zaxirasi jamlangani ham ta’kidlandi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.