Samarqand shahrida maktab devori qulab, o‘quvchini bosib qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o’z munosabatini bildirdi.
Munosabatda keltirilishicha, holat ishchi guruh tomonidan o’rganilib chiqilgan.
Aniqlik kiritilishicha, voqea sodir bo’lgan Samarqand shahridagi 5-umumtaʼlim maktabi joriy yilda «Open budget»da g‘olib bo‘lib, 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ yutib olgan.
O‘rganishlar davomida maktab hududida qurilish ishlarini boshlanganligi, unda “Quruvchi” tashkilot tomonidan xavfsizlik choralari ko‘rilmagani aniqlangan. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi viloyat Qurilish boshqarmasiga holat yuzasidan xat chiqarganligini ham ta’kidlab o’tmoqda.
Shuningdek, “Quruvchi”dan o‘z vaqtida xavfsizlik choralarini ko‘rishni talab qilmagani uchun maktab direktoriga salomatligi tiklash taʼtilidan ishga qaytgandan so‘ng (ayni paytda salomatligini tiklash taʼtilida) qonun doirasida choralar ko‘rilishi ham aytilmoqda.