G’azoda to’rt kunlik tinchlik sulhi boshlanadi

G’azoda to’rt kunlik tinchlik sulhi boshlanadi

Gʻazoda tinchlik sulhi juma kuni soat 07:00da boshlanadi va 4 kun davom etadi.

Buni Falastinning HAMAS harakati tasdiqladi.

Tomonlar shuningdek asirlar va garovga olinganlar bilan almashishga kelishib olishgan.

Ozod qilingan bir isroillik uchun 3 falastinlik qoʻyib yuboriladi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor.

Gʻazo sektorida harbiy harakatlar oqibatida shu kunga qadar 14 mingdan ortiq odam qurbon boʻldi, 33 ming kishi jarohatlandi.

Rasmda Misrdan Gʻazoga gumanitar yordam olib oʻtayotgan yuk mashinalari aks etgan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.