Olmaotadagi yong’inda 2 nafar o’zbekistonlik halok bo’lgan

Olmaotadagi yong’inda 2 nafar o’zbekistonlik halok bo’lgan

30-noyabr tongida Olmaotadagi hostelda ro‘y bergan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, 23 yashar ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Qurbonlarning ikki nafari rossiyalik, qolganlar esa qozog‘istonlik.

Yong‘in boshlangan vaqtda hostelda 72 kishi bo‘lgani, 59 nafari u yerdan qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgani aytilmoqda. Quvvatlagichda turgan elektrosomakat yong‘inni yuzaga keltirgani taxmin qilinmoqda.

Uch qavatli turarjoy binosining birinchi qavati va yerto‘lasida tashkil qilingan hostel 1,5 oy avval ochilgan. Qozog‘iston rasmiylariga ko‘ra, bunday binodan hostel sifatida foydalanish mutlaqo mumkin bo‘lmagan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning jasadlarini O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.