“Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga a’zo bo’lgan yigitga hukm o’qildi

“Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga a’zo bo’lgan yigitga hukm o’qildi

2023-yil mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan diniy oqim aʼzosi qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi. Sud hukmi bilan A.Abdurahmonovga 6 yil-u, 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Abduhodiy Abdurahmonov 2010-2012-yillarda Rossiyada ishlab yurgan vaqtda mazkur diniy oqim taʼsiriga tushib, uning aʼzosi boʻlgan. Fargʻona shahrida akasi va bir qator shaxslardan iborat oqimning “jamoati”ni tashkil qilgan. Uning yigʻilishlarida faol ishtirok etib kelgan. Yigʻilishlarda “Jihodchilar” c tarafdorlari hamda boshqa diniy ekstremizm va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzalar, video va roliklar muhokama qilingan.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.