Farg’ona shoiri Anvar Obidjon tug’ilgan kun

Farg’ona shoiri Anvar Obidjon tug’ilgan kun

8-yanvar– Shoir, noshir va dramaturg Anvar Obidjon tavallud topgan kun

Anvar Obidjon Farg‘ona viloyati Oltiariq   tumanining   Poloson qishlog‘ida 1947 yilning 8 yanvarida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.Anvar Obidjonning birinchi kitobi 1974-yilda «Ona yer» nomi bilan bosilib chiqadi.

Shundan buyon qariyb 20 yil davomida «Masxaraboz bola» (1980), «Olovjon va uning do‘stlari» (1983), «Bahromning hikoyalari» (1984), «Ey, yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Juda qiziq voqea» (1987), «Oltin yurakli avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she’riy, nasriy kitoblari chop etildi.Anvar Obidjon so‘nggi yillarda «Ramazon va Gulmat hangomasi» (1992), «Meshpolvonning janglari» (1994), «Alisher ila Husayn yoki uch dono va o‘g‘ri» (1996), «To‘tiqush», «Topsang hay-hay…» kabi qissa, pyesa va she’r, dostonlarini ham yaratdi.

U «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgan(1998).

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.