Foto: yandex.ru
Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida nomaʼlum moddadan zaharlanganlarning ikkisi ham vafot etgani aytilmoqda.
Shahar hokimining 6-yanvarda qabul qilingan baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish va oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi qarorida baxtsiz hodisa oqibatida bir kishi vafot etgani aytilgan. Keltirilishicha, 29-dekabr kuni Nukus shahri 23-kichik tumani, 1/39-uyda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro “nomaʼlum etiologiyali modda” ta’sirida zaharlanib, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yotqizilgan. Natijada 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
Xo’sh ular kim va qayerdan?
Bu savolga Bugun.uz saytida e’lon qilingan xabarda ularning biri Qoraqalpog’iston davlat Universiteti talabasi ekanligi aytilgan.
“Bugun.uz”ning xabar berishicha, yigitlarning yaqin kishisi ularning ikkisi ham vafot etganini, ulardan birining tirik qolgani yolg‘on ekanini maʼlum qilgan.