Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda juda koʻp miqdordagi xorijiy valyutalarni noqonuniy ravishda Qirgʻizistonga oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.
Xususan, Qirgʻiz Respublikasining Jalolobod viloyati Ola-buqa tumani bilan chegaradosh boʻlgan Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasi tomon harakatlanayotgan, Namangan shahrida yashovchi, 1990-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, uning salonida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan jami 79 mln. 994 ming 900 Rossiya rubli borligi maʼlum boʻldi. Aniqlanishicha, ushbu shaxs pullarni chegaradan oʻtkazib berishi evaziga 300 AQSH dollari olishi kerak boʻlgan.
Holat yuzasidan mazkur fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.