“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
13-yanvar kuni Samarqand viloyatida joylashgan “Zarafshon” milliy tabiat bogʻining “Olmazor” mahallasi hududida joylashgan qismida yongʻin kelib chiqqan.
Holat boʻyicha yongʻin-qutqaruv ekipajlari jalb etilib, yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar aniqlanmagan. Viloyat prokuraturasi masʼullari hodisa joyiga chiqishgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 120,7 mln. soʻmni tashkil etadi.
Mazkur holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlariga kirishildi. Tergov jarayoni Bosh prokuratura tomonidan tomonidan nazoratga olingan.