To‘rt yoshli Zara Shifra Everest cho‘qqisiga chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. U 5364 metr balandlikni zabt etdi. Qizaloq va uning yetti yoshli akasini Everest ekspeditsiyasiga ularning otasi olib bordi.
Zara 4 yosh-u 5 oylik, u Chexiya va Kanada fuqarosi, lekin ota-onasi bilan Malayziyada yashaydi. U otasi va akasi bilan birgalikda Himolay tog‘lari bo‘ylab 270 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tdi.
Qiz Everest tog’iga chiqqan eng yosh odamga aylandi.