Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi mahalliy tadbirkor tomonidan Oʻrtachirchiq tumanida qurilgan 3 qavatli savdo majmuasi binosini foydalanishga qabul qilib berish va boshqa hujjatlarini tegishli tashkilotlarda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 12 ming AQSH dollari talab qiladi. U soʻralgan pul mablagʻidan 10 ming AQSH dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.
“Oʻzbekiston shaharsozlik boʻyicha loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti” arxitektori oʻz xizmat mavqeidan foydalanib hamda Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasidagi tanishlari orqali, Buxoro shahrida qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi MCHJga tegishli 8 sotix yer maydonida bino-inshootlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashga yordam berishga 5 ming AQSH dollari talab qiladi va soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.
Avvalroq, Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi bozor raisi qamoqqa olingani haqida xabar bergan edik.
Jamolbek SALOMOV tayyorladi