Ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiyda rus tili va adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarni kaltakladi” sarlavhasi ostida videolar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan izoh berdi.
Aniqlanishicha, 2024-yilning 1-fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan 18-sonli maktab o‘qituvchisi M.Sh. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar o‘quvchilari A.A. va Sh.B. larni kaltaklagan.
O‘quvchilardan biri A.A va uning onasi U.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘qituvchi M.Sh. ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Jarohat olgan o‘quvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi tayinlangan.
Shuningdek, ombudsman «Bolalarga nisbatan sodir etilgan hech bir zo‘ravonlik holati javobsiz qolishi mumkin emas»ligini qat’iiy eslatib, mazkur fakt bo’yicha bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan o‘z kuzatuvini qat’iiy davom ettirishini va holat bo’yicha yana ma’lumot berishini aytib o’tgan.
Shahnoza Rahmatova tayyorladi