Jizzaxdagi maktabda tanbeh berish uchun doskaga chiqarilgan 1-sinf o‘quvchisi hushidan ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatining munosabatida izoh berldi.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi maktabda o‘qituvchisi tanbeh bergan 1-sinf o‘quvchisi hushidan ketgani aks etgan video tasvirlar tarqalgandi.
Izohda keltirilishicha, voqea 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 1-sinf rahbari S.S. imtihon olgan vaqtida, qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilarni doska yoniga chiqarib, ularga tanbeh bergan, shu sinf o‘quvchisi o‘zini tuta olmasdan yiqilib tushgan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruv harakatlari Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.