Foto: vecherka.tj
Hisobotda O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi kambag‘allik darajasi tafovutlariga ham eʼtibor qaratilgan. Erkaklarda indeks 21,6 foizni, ayollar o‘rtasida esa 15,2 foizni tashkil etgan.
O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish borasida erishgan yutuqlari ham aytib o‘tiladi. Unga ko‘ra, so‘nggi 20 yildagi islohotlar tufayli kambag‘allik darajasi 2000-yildagi 24 foizdan 2022-yilda 11,5 foizga pasaygan. Hukumat harakatlari tufayli 2020-yilga kelib 2,2 million kishi qashshoqlik chegarasidan olib chiqilgan.
BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekistonning 2030-yilgacha qashshoqlikni to‘liq bartaraf etish rejasi chuqur asoslarga ega ekaniga ishonch bildiradi.