Tojikiston maxsus xizmatlari Qirg‘iziston fuqarosini qo‘lga olishdi. Ular qirg’iz fuqarosini josuslikda ayblashmoqda. Qirg’iziston OAVda berilgan xabarlarda Parlament Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidan buni tekshirishni talab qilayotgani aytiladi.
Kubatbek Yo‘ldoshev 2022-yil avgust oyida Tojikistonga ota-onasini ko‘rgani borgan. U yerda maxsus xizmatlar uni mojaro paytida qo‘lga olishgan. Ular Yo‘ldoshevning ayg‘oqchi ekanligini aytib, 13 yilga qamashgan. U deyarli ikki yildan beri u yerda o‘tiribdi.