Hodisa 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan ziyofat chog‘ida yuz bergan.
Erkak pichoqni tashlash buyrug‘iga bo‘ysunmagach, politsiya xodimlari unga qarata kamida to‘rt marta o‘t ochgan. Ayol jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan va erining o‘limidan bexabar. O‘zbekistonlik oilaning to‘rt nafar farzandi bor. Erkakning sog‘lig‘ida muammolar kuzatilgani aytilmoqda.