Bu Pentagonning Ukraina uchun toʻldirish mablagʻlari tugab qolganini tan olishi ortidan, dekabr oyidan beri eʼlon qilgan birinchi xavfsizlik paketi hisoblanadi.
So’nggi kunlarda AQSh rasmiylari qurol-yarog’ni almashtirish uchun pullari yo’qligini, Ukraina milliardlab qarzga to’lib ketganini ochiq tan olishmoqda. Bu yordam paketi esa Ukrainada o’q-dorilar xavfli darajada kamayib borayotgani va qurol-yarog’ uchun yangi mablag’ olish harakatlari Respublikachilarning qarshiliklari tufayli palatada to’xtab qolgan bir paytda e’lon qilindi.
AQSh rasmiylari bir necha oy davomida Qo’shma Shtatlar Kongress to’xtab qolgan qo’shimcha xarajatlar to’g’risidagi qonun loyihasining bir qismi bo’lgan qo’shimcha to’ldirish mablag’larini taqdim qilmaguncha, Qo’shma Shtatlar qurol yetkazib berishni qayta tiklay olmaydi, deb turib oldi.
Shuningdek, Pentagon Ukraina uchun yangi qurol ishlab chiqarishda sanoat bilan uzoq muddatli shartnomalarni moliyalash imkonini beruvchi alohida Ukraina xavfsizligiga ko’maklashish tashabbusi yoki USAIga ega hisoblanadi.
Jurnalistlarga ma’lumot bergan yuqori martabali mudofaa amaldorlarining ta’kidlashicha, Pentagon uzoq muddatli shartnomalarning ba’zilarida xarajatlarni tejashga muvaffaq bo’lgan va jang maydonidagi vaziyatni hisobga olgan holda, bu tejamkorlikdan ko’proq qurol yuborishga qaror qilgan.
Pentagon matbuot kotibi general-mayor Pat Rayder jurnalistlarga “Bu Ukrainani qoʻllab-quvvatlashning barqaror usuli emas”, ekanligini taa’kidlagan. Rayder buni rasmiylar yana sodir bo’lishini rejalashtira olmaydigan «bir martalik yaxshi kelishuv» deb atashini aytmoqda.
Yordam e’lon qilinishi Polsha rahbarlari Vashingtonda urushning muhim pallasida Ukrainaga mablag’ ajratish bo’yicha AQShni boshi berk ko’chadan chiqarish uchun bosim o’tkazayotgan paytda e’lon qilindi.