Siz talabasiz, bugun sizdan baxtli odam yo’q. Ammo bu talabalik uchun «kontrakt» degan to’lov ham borligini unutmasligimiz kerak, albatta.
Xo’sh, OTM talabalari to’lov kontraktlarini to’rtga bo’lib to’lashda nimalarga e’tibor berishi zarur?
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) to’lashlari belgilangan.
Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalarida esa bu vaziyat 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha) bo’ladi.
Qolgan barcha kurs talabalari esa quyidagi tartibda shartnoma kontrakt miqdorini to’lashlari so’ralgan:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);
Xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;
Nodavlat oliygohlarda kontrakt to‘lash muddatlari talaba va OTM o‘rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.
❗️ Siz OTM uchun kontrakt pullarini agar elektron to’lamoqchi bo’lsangiz uni «Click up», «PayMe» kabi ilovalar orqali ham to’lashingiz mumkin.