Nigeriyada davlat madhiyasi hech qanday maslahatsiz o’zgartirildi. Aholi esa bundan keskin norozi bo’lmoqda.
29-may kuni prezident Bola Ahmed Tinubu Nigeriyaning eski milliy madhiyasiga qaytish haqidagi qonun loyihasini imzoladi. Qaytilgan madhiya 1978-yilda harbiy hukumat tomonidan bekor qilingandi.
“Nigeriya, biz seni tabriklaymiz” deb boshlanadigan yangi qayta qabul qilingan madhiya 1959-yilda Lillian Jan Uilyams tomonidan yozilgan va Frensis Berda tomonidan bastalangan.
Prezident Tinubu o‘zining lavozimiga birinchi yilligi munosabati bilan gapirar ekan, madhiya Nigeriyaning xilma-xilligi ramzi ekanligini aytdi.
Ammo ko‘pchilik uning yashash xarajatlari inqirozi sharoitida ustuvorligini shubha ostiga qo‘ydi. Ba’zi nigeriyaliklar ijtimoiy tarmoqlarda davlat madhiyasi o‘zgartirilgani uchun norozi fikrlarni bildirishmoqda, mamlakatda xavfsizlik, inflyatsiya o‘sishi va valyuta inqirozi kabi dolzarb muammolar borligini aytishmoqda.
“Nigeriyalik tomonidan yozilgan Nigeriya milliy madhiyasini mustamlakachilar tomonidan yozilgan qo‘shiq bilan almashtirish ahmoqona qaror va Milliy Assambleyada hech kim bunga qarshi chiqishga jur’at eta olmagani esa uyatdir”, deydi mustaqil fikr bildiruvchilardan biri.
Sobiq ta’lim vaziri Obi Ezekvesili X-da yangi eski madhiyani hech qachon kuylamasligini yozgan.
“Hammaga maʼlum boʻlsinki, men, Obiageli“Oby” Ezekvesili har doim Nigeriya madhiyasini kuylashni soʻrasa, kuylayman:”
Keyin u so‘nggi 46 yil davomida qo‘llanilgan madhiya – “O‘rningdan tur, ey vatandoshlar” so‘zlarini joylashtirgan.
Shahnoza RAHMATOVA muhim24.uz muxbiri