Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida maʼlum qilindi.
2024-yilning yanvar-may oylarida jami 359 nafar oʻquvchi bilan bogʻliq YTH sodir boʻlgan.
5 oyda mamlakat boʻyicha har 100 ming aholiga 7,2 ta YTH toʻgʻri kelgan. Bu koʻrsatkich:
🔸Toshkent shahrida 12,8 tani,
🔸Toshkent viloyatida 12,2 tani,
🔸Namangan viloyatida 9,1 tani va
🔸Fargʻona viloyatida 8,4 tani tashkil etgan.
YTHlarning 57 %i yoʻl infratuzilmasidagi kamchiliklar, 43 %i haydovchi qoidani buzishi oqibatida yuz bergan.