Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizdagi savdo majmualarining birida bir fuqaro boshqa fuqaroni urganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganilganda, quyidagilar aniqlandi.
Joriy yilning 13 sentyabr kuni Sergeli tumanida joylashgan savdo majmualarining birida ishlovchi 2001 yilda tug‘ilgan B.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida birga ishlovchi 2006 yilda tug‘ilgan M.T.ni qo‘li bilan urgan. Ushbu holat savdo majmuasining boshqa xodimi – 1998 yilda tug‘ilgan X.E. tomonidan video tasvirga olingan. Biroq, fuqaro M.T. mazkur holat yuzasidan muqaddam ichki ishlar organlariga murojaat qilmagan.
Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudiga yuborilgan.
Ushbu voqeadan biroz o’tib vaziyatda Kutilmagan burilish yuz berdi.
Inbazar kaltaklangan xodimga yangi Spark berdi va uni o’z lavozimiga ko’tardi. Jamoatchilikning keskin noroziligi to’lqinidan so’ng, Inbazar do’koni rahbariyati jabrlanuvchining o’rnini qoplashga qaror qildi.
Yigitga yangi Spark mashinasi berildi va ishga qaytishni taklif qilinib, uni yuqori lavozimga qo’yilgani aytilmoqda.
Jamolbek SALOMOV tayyorladi