O’zbek xalqi yana bir shoirasidan ayrildi

O’zbek xalqi yana bir shoirasidan ayrildi

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira Bibisora Turobova vafot etdi.

Bibisora Turobova 1952-yil 1-sentyabrda Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan.
Oʻrta maktabdan keyin Maktabgacha taʼlim texnikumida oʻqib, soʻng Samarqand davlat pedagokogika institutida taʼlim olgan.

1990-yillarda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan.
Oʻnga yaqin sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Ayniqsa, “Kelin salom” va “Men izlagan quvonch” sheʼriy kitoblari katta eʼtibor topgan.