15-sentyabr kuni Sakarya viloyatidagi Oba makaron fabrikasida texnogen avariya natijasida portlash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash yem siloslari hududida sodir bo‘lgan. Natijada 27 nafar ishchi jarohatlangan, 6 nafari og‘ir ahvolda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, fojiada o‘zbekistonliklar jabrlanmagan.