Qayd etilishicha, bugun, 16 sentyabr sanasi soat 13:23 lar atrofida “O‘zbekiston” yo‘nalishining “Kosmonavtlar” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 33-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.
Shu boisdan belgilangan yo‘riqnomaga asosan, elektropoyezd mashinisti tomonidan tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida harakat tarkibidagi nosozlik 5 daqiqa ichida bararaf etilgan va harakat tarkibi faoliyati qayta tiklangan.
Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.