17-sentyabr kuni “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Yekaterinburg–Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan fuqaroning 1 dona yashil rangli yoʻl sumkasi tegishli tartibda tekshirilganda, sumka ichida bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalariga ega boʻlmagan 1 dona “STALKER” pnevmatik toʻpponchasi hamda 860 dona oʻq aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.